«iib xodimlari» tegli maqolalar


Toshkent viloyatida tergovdagi fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘lgan IIB xodimlari 6 yildan 8,5 yilgacha qamaldi
7 dekabr 2023, 09:44

Toshkent viloyatida tergovdagi fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘lgan IIB xodimlari 6 yildan 8,5 yilgacha qamaldi

Sud Toshkent viloyati Bo‘ka tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘limining sobiq boshlig‘i, ikki nafar tergovchi va profilaktika inspektorini 6 yildan 8,5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Xodimlar kasalxonada vafot etgan gumonlanuvchini qiynoqqa solishda aybdor deb topildi, biroq ular buni rad etdi.

“Nima ish qilish kerakligini bilmaydi”. Prezident bog‘cha bolalariga ma’ruza o‘qigan IIB xodimlarini tanqid qildi
28 iyul 2023, 15:54

“Nima ish qilish kerakligini bilmaydi”. Prezident bog‘cha bolalariga ma’ruza o‘qigan IIB xodimlarini tanqid qildi

Prezident Farg‘onadagi yig‘ilishda “Nima ish qilish kerakligini bilmagan ayrim profilaktika inspektorlari bog‘chalarga borib, 3−4 yoshli bolakaylarga „oq-qorani farqlash“ bo‘yicha ma’ruza o‘qish bilan band”, deya yaqinda bolalar bog‘chasida sodir bo‘lgan voqeani esladi. U kadrlar tanlash tizimini qoniqarsiz deb atadi.

“Ayrim ichki ishlar rahbarlari shaxsiy manfaatlarini kasbiy majburiyatlaridan ustun qo‘ymoqda” — Shavkat Mirziyoyev
28 iyul 2023, 15:50

“Ayrim ichki ishlar rahbarlari shaxsiy manfaatlarini kasbiy majburiyatlaridan ustun qo‘ymoqda” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Farg‘onada IIVning kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan 6 oy davomida oldini olish mumkin bo‘lgan 12 mingga yaqin jinoyat sodir etilgan. “Ayrim huquq-tartibot idoralari rahbarlari jinoyatchilikni oldini olishda jilovni qo‘yib yuborgan”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ichki ishlar vaziriga murojaat yo‘llagan sobiq profilaktika inspektori qamoqqa olindi
16 noyabr 2021, 20:56

Ichki ishlar vaziriga murojaat yo‘llagan sobiq profilaktika inspektori qamoqqa olindi

Namangan shahar IIB rahbariyati ustidan shikoyat qilib, ichki ishlar vaziriga videomurojaat yo‘llagan sobiq profilaktika inspektori boshqalar nomida katta miqdorda kredit olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganlikda ayblanmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olindi.

Qashqadaryoda IIB xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi
17 sentabr 2021, 19:14

Qashqadaryoda IIB xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi

Qashqadaryoda mast fuqarolar va IIB xodimlari o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikki fuqaro gumonlanuvchi tariqasida ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Andijonlik fuqaro shahar IIB xodimlari tomonidan kaltaklanganini aytmoqda
14 sentabr 2021, 18:21

Andijonlik fuqaro shahar IIB xodimlari tomonidan kaltaklanganini aytmoqda

Andijon shahar IIO FMB 4-son xodimlari tomonidan Andijonlik fuqaroning kaltaklangani aytilgan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ushbu bo‘limning sobiq xodimlari 2020 yilning noyabr oyida 44 yoshli erkakni qiynoqqa solganliklari uchun ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Samarqandda akasining ishini «ijobiy hal qilish» uchun IIB xodimiga $5 ming bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
2 avgust 2021, 18:06

Samarqandda akasining ishini «ijobiy hal qilish» uchun IIB xodimiga $5 ming bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Samarqandda PSR-testi natijasini soxtalashtirib sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Uning ukasi «holatni rasmiylashtirmaslik va ishni ijobiy tomonga hal qilib berish» uchun IIB xodimiga 5 ming dollar bermoqchi bo‘lganida ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Surxondaryoda 5 nafar yigit IIB xodimlarini kaltakladi
2 avgust 2021, 15:10

Surxondaryoda 5 nafar yigit IIB xodimlarini kaltakladi

Surhondaryoda voyaga yetmagan bolani do‘pposlayotgan besh nafar yigitni ogohlantirgan IIB xodimlari kaltaklandi. Ichki ishlar organlari xodimlarga qarshilik ko‘rsatgani va yengil tan jarohati yetkazgani uchun ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Taxiatosh IIBga olib ketilgan fuqaroning o‘limi yuzasidan izoh berildi
29 iyul 2021, 23:31

Taxiatosh IIBga olib ketilgan fuqaroning o‘limi yuzasidan izoh berildi

Qoraqalpog‘istoning Taxiatosh tumanida mast holda IIBga olib ketilgan fuqaro vafot etdi. Fuqaroning yaqinlari uning o‘limida profilaktika inspektorini ayblamoqda. Hozirda IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi harakatlari olib borilmoqda.

Andijonda IIB xodimlari fuqaroning qo‘lini sindirgani rad etildi
14 iyul 2021, 19:51

Andijonda IIB xodimlari fuqaroning qo‘lini sindirgani rad etildi

Andijon shahar deputati Jahongir Jiyanov IIB xodimlari fuqaroning qo‘lini sindirgani haqida xabar berdi. Bosh prokuratura Andijon shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazayotganini ma’lum qildi. IIV matbuot kotibi esa fuqaroga IIB xodimlari tomonidan jarohat yetkazilganini rad etdi. Xabar berilishicha, fuqaro ertalab tez tibbiy yordam bo‘limiga IIO xodimlari tan jarohati yetkazganligi bo‘yicha murojaat etgan. Hozirda fuqaro jarohatni qayerda olganligi bo‘yicha surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Sirdaryoda terrorchilik tashkilotlarini targ‘ib qilganlikda gumonlanayotgan 20 kishi qo‘lga olindi
17 iyun 2021, 10:37

Sirdaryoda terrorchilik tashkilotlarini targ‘ib qilganlikda gumonlanayotgan 20 kishi qo‘lga olindi

Sirdaryoda internet orqali ekstremistik va terrorchilik tashkilotlar ta’siriga tushib, radikal g‘oyalarni targ‘ib qilishda gumonlanayotgan 20 kishi qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda terroristik guruhlar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 14 kishi ushlandi
11 iyun 2021, 10:50

Samarqandda terroristik guruhlar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 14 kishi ushlandi

Samarqandda Suriya va Yaqin sharqdagi terroristik tashkilotlar jangarilari safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan 14 nafar shaxslardan iborat guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Qashqadaryoda unashtirilgan yigit-qizni qo‘lga olib, ularni qo‘yib yuborish uchun pul talab qilgan IIB xodimlari ishdan olindi
4 iyun 2021, 18:44

Qashqadaryoda unashtirilgan yigit-qizni qo‘lga olib, ularni qo‘yib yuborish uchun pul talab qilgan IIB xodimlari ishdan olindi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida unashtirilgan yigit-qizni mashinada o‘tirgan holatda qo‘lga olib, ularni qo‘yib yuborish evaziga salkam 5 million so‘m talab qilgan IIB xodimlari ishdan bo‘shatildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting